Kontent qismiga oʻtish

Nyu-Yorkdagi ommaviy axborot vositalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nyu-York shahri dunyoning ommaviy axborot vositalari poytaxti deb ataladi[1][2]. Nyu-York shahrining ommaviy axborot vositalari xalqaro miqyosda nufuzga ega. Ular orasida gazetalar, eng yirik nashriyotlar, ovoz yozish kompaniyalari va dunyodagi eng katta telestudiyalar mavjud. Ushbu shahar kitob, jurnal, musiqa, gazeta va televideniye sanoati uchun yirik global markazdir. Pew Research Center „AQShning har besh nashriyot xodimlaridan biri Nyu-York, Los-Anjeles yoki Kolumbiyada istiqomat qiladi.“ degan hisobotida. AQShdagi barcha yangiliklar boʻlimi xodimlarining 12 foizi – muxbirlar, muharrirlar, fotosuratchilar Nyu-Yorkda istiqomat qilishi isbotlangan[3].

Sharqiy qishloqda mahalliy politsiya mashinalari yordamida film suratga olish jarayonidan lavha. Nyu-York – suratga olish uchun qulay joy.

Nyu-York shahrida AQShning 10 ta eng yirik gazetasidan 4 tasi joylashgan. Jumladan, The New York Times (tiraj 571 500), New York Post (414 254 tiraj) va Daily News (227 352 tiraj)[4]. The Wall Street Journal (tiraji 2,2 million) Nyu-York shahrida nashr etilgan boʻlib, milliy miqyosdagi biznes gazetasi va oʻlchov usuliga qarab, mamlakatda birinchi yoki ikkinchi eng koʻp oʻqiladigan gazeta hisoblanadi[5].

  1. Felix Richter. „New York Is The World's Media Capital“. Statista (2015-yil 11-mart). Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  2. Dawn Ennis. „ABC will broadcast New York's pride parade live for the first time“. LGBTQ Nation (2017-yil 24-may). — „Never before has any TV station in the entertainment and news media capital of the world carried what organizer boast is the world’s largest Pride parade live on TV.“. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  3. Grieco. „One-in-five U.S. newsroom employees live in New York, Los Angeles or D.C.“ (en-US). Pew Research Center. Qaraldi: 2024-yil 4-aprel.
  4. „The top 10 newspaper publications in New York City“. muckrack.com. Muck Rack. Qaraldi: 2020-yil 9-iyun.
  5. „Top 10 U.S. Newspapers by Circulation“. agilitypr.com. Agility PR Solutions, LLC. (2015-yil 12-may). Qaraldi: 2020-yil 9-iyun.